BANKLARNING KREDIT PORTFELINI OSHIRISHDA XULQ-ATVOR IQTISODIYOTI OMILINI TA'SIRINI BAHOLASH
Authors/Creators
Description
Iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lmish bank tizimini yanada rivojlantirish va ayniqsa mamlakatimiz banklarining kredit operatsiyalarini salmog’ini oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakatlarning samarali bank tizimi banklarda innovatsiyalarni joriy etish, yangi xizmat turlarini ta’minlash hamda mavjud aktiv va passiv operatsiyalarni takomillashtirish orqali faoliyat olib boradi. Respublikamizda hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan mijozlarni kreditlashda kredit tarixi va ish haqi daromadlarini hisobga olgan holda kreditlar ajratilmoqda. Biroq, xorij tajribasidan ma’lumki bu usulda kreditlashning bir qator kamchiliklari mavjud va cheklangan miqyosdagi mijozlarni jalb qilishni taqozo etadi.
Jahon miqyosida rivojlangan mamakatlar amaliyotida, xususan ularning bank va moliya tizimlarida xulq-atvor iqtisodiyoti oxirgi yillarda keng qo’llanib kelinmoqda. Mazkur maqolada jismoniy shaxslarni keditlash tizimi, kredit skoring tushunchasi, amaldagi respublikamiz banklarining kreditlash tartib qoidalari va to῾lovga layoqatlilikni aniqlash usullari keltirib o῾tilgan.
Files
93-99.pdf
Files
(305.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:795727536f564388bdbe84a94daf3671
|
305.9 kB | Preview Download |