YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Description
Ushbu maqolada yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik asoslari hamda milliy istiqlol g‘oyasi jamiyatimiz taraqqiyotining mafkuraviy tamoyillarini yoritib berilgan. Mafkura nima, u qanday g‘oyalar asosida shakllanadi va qay tarzda jamiyatni harakatga keltiradi? Nega ayrim Mafkuralar ba’zi millatlarning, yuksalishiga sabab bo‘lsa, ayrimlari butun-butun xalqlarni inqiroz va tanazzulga duchor etadi? «Milliy istiqlol g‘oyasi» bo‘yicha mazkur mashg‘ulotimiz aynan shu va shu kabi masalalar talqiniga bag‘ishlangan. Inson o‘zining aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Inson – ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami; ikkinchisi – fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir. Ruxiy olam (bu soxani ruxshunoslik ilmi – psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idroq, tasavvur, kechinma, xis-xayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, xukm va xulosa kabilar yoritib berilgan.
Files
Muhidinov Mironshox Olimovich.pdf
Files
(794.5 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:5d1b0698ce60440320c1046e6ab0f8d4
|
794.5 kB | Preview Download |