TUPROQ TARKIBIDAGI UMUMIY AZOT MIQDORINI ANIQLASH
Description
Azot – o’simliklarning o’sishi uchun javobgar makroelement hisoblanadi. Ildizlarning oziqlanishi uchun mas'ul bo'lgan asosiy element. U fotosintez reaksiyalarida qatnashadi, hujayralardagi metabolizmni tartibga soladi, shuningdek yangi kurtaklar o'sishiga yordam beradi. Ushbu element ayniqsa vegetatsiya davrida o'simliklar uchun zarurdir. O'simlik tanasida sodir bo'ladigan barcha metabolik jarayonlar, xlorofillni sintez qilishdan tortib, vitaminlarni so'rilishigacha azot ta'sirida faollashadi. Azot etishmasligi bilan o'simliklarning o'sishi sekinlashadi, gullash intensivligi pasayadi, vegetatsiya davri qisqaradi, o'simlik tarkibidagi oqsil miqdori kamayadi va natijada hosil kamayadi. Barglar och yashil rangga aylanadi, yorqinligini yo'qotadi. Uzoq muddatli azot etishmovchiligi bilan barglarning xira yashil ranglari turli xil sariq, to'q sariq ranglarga ega bo'ladi, barglar quriydi va muddatidan oldin tushadi. Tadqiqot ishimizda tuproq tarkibidagi azotning umumiy miqdorini sodda va aniqligi yuqori bo’lgan usuli ishlab chiqildi. Bundan tashqari aniqlash jarayoni uchun yangi indikator yaratildi.
Files
ilm-fan 1823.pdf
Files
(794.9 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:365b5f26f58deeed6510abf0af1e42ba
|
794.9 kB | Preview Download |