Published July 8, 2023 | Version v1
Journal article Open

BIRIKTIRUVCHI TO'QIMA DIFFERENSIALLASHMAGAN DISPLAZIYASI BO'LGAN BEMORLARDA YURAK RITMI VARIABILLIGINING SPEKTRAL PARAMETRLARINING HOLATI

Description

Annotatsiya: Klinik ko'rinishlarning yoshi va og'irligiga qarab yurak ritmining variabilligi (YRV) spektral parametrlarining holatini o'rganish uchun 25-45 yoshdagi 100 nafar biriktiruvchi to'qima differensiallashmagan displaziya(BTDD) bilan tekshirildi. Patologik jarayonning og'irligi bal tizimiga ko'ra fenotipik belgilarning zo'ravganligi bilan baholandi. Displastik ko'rinishlarning og'irligi bo'yicha bemorlar uchta kichik guruhga (engil, o'rta, og’ir) taqsimlandi. YRV spektral parametrlari maxsus dastur yordamida matematik kompyuter tahlili usuli bilan aniqlandi. TP, HF, LF, VLF indekslari LF/HF va iC tahlil qilindi. Taqqoslash shuni ko'rsatdiki, barcha kichik guruhlardagi bemorlarda TP, LF, VLF va LF/HF parametrlarining o'rtacha qiymatlari oshgan va 35-45 yoshdagi bemorlarda HF va iC ko'proq pasaygan. YRV spektral parametrlarining olingan ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, bemorlarda BTDDning fenotipik namoyon bo'lishining yoshi va og'irligiga qarab, yurak ritmini tartibga solish geterogen bo’lib, bemorlarda giper - va gipoaktiv adrenergik avtonom disfunktsiya kuzatiladi.

Files

14.00.00 – Tibbiyot fanlari Shodikulova Gulandom Zikriyayevna.pdf

Files (229.3 kB)