Published June 15, 2023 | Version v1
Journal article Open

TAJRIBA SHAROITIDA UMURTQA POGʼONASINING TURLI DARAJADAGI SHIKASTLANISH MODELI VA UNDA TAYANCH-HARAKAT TIZIMI OʼZGARISHLARI

Description

Odamning tayanch-harakat tizimi dеganda undagi skеlеt va skеlеt muskullaridan tashkil topgan majmua tushuniladi. Dastavval, bu tizim butun bir organizmning tayanchi va ichki organlarni (yurak, oʻpkalar, mе’da-ichaklar, buyraklar, taloq va boshqalar) oʻrab turuvchi himoya qobig’i hisoblanadi. Har bir tirik organizmning yashash usuli bo’lib harakat hisoblanadi. Uning yuzaga kеlishini aynan mana shu tayanch-harakat tizimi amalga oshiradi. Organizmdagi barcha hayotiy jarayonlar doimiy harakat boʻlgandagina me’yorida saqlanadi. Tajriba sharoitida umrtqa pogʻonasi jaroxatining orqa miya shikastlanishi va shikastlanishisiz kechuvchi modelini yaratish va unda yuzaga keladigan tayanch-xarakat apparati faoliyati cheklanishlari hamda metabolik koʼrsatgichlar oʼzgarishlari dinamikasi orasidagi bogʼliqlini oʻrnatish, posttravmatik davr kechishini obʼektiv baxolash mezonlari oʻrganilgan.

Files

EJMNS0628.pdf

Files (822.9 kB)

Name Size Download all
md5:3c4979a968dbd512e78fb85970ff1c55
822.9 kB Preview Download