SHAHAR YO‗LOVCHI TRANSPORTLARINING HARAKAT YO‗NALISHLARIDA HARAKAT MIQDORI VA TARKIBINI O‗RGANISH
Description
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishgandan so‗ng, mamlakatimizda ijtimoiyiqtisodiy o‗zgarishlar hayotga joriy etila
boshlandi. Chunonchi, avtomobil ishlab
chiqarish sanoati yo‗lga qo‗yildi, yo‗l qurilish
sohasida keng o‗zgarishlar ro‗y berdi, shu bilan
birga chet el davlatlari bilan savdo-sotiq
aloqalari joriy etila boshlandi. Yana shuni aytib
o‗tish joizki mamlakat aholisining soni yildanyilga ortib borishi bilan shahar hududi
kengayib, aholining avtomobil transportiga
bo‗lgan ehtiyoji yanada ko‗paymoqda. Bu esa
tabiiy ravishda Respublika avtomobil yo‗llarida,
shu jumladan shahar magistral ko‗chalarida
harakat miqdorining yildan-yilga ortishiga olib
keldi. Hozirgi va keyingi oldimizda turgan
asosiy muammo va masalalardan biri
shaharning markaziy magistral ko‗chalarida
transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini
taminlashdan iborat, yani sodir bo‗layotgan
yo‗l-transport hodisalarining oldini olish, ularda
halok bo‗luvchilar va tan jarohati oluvchilar
sonini, ko‗riladigan umumiy ijtimoiy-iqtisodiy
zararlarni kamaytirishga, shuningdek, shahar
yo‗lovchi transportlarining imtiyozli
harakatlanishini rivojlantirish va aholiga
ko‗rsatilayotgan transport xizmati sifatini
oshirish borasida bir qator hal qilinishi lozim
bo‗lgan masalalarga qaratilishi zarur. Bugungi
kunga kelib, Respublikamizdagi
avtomobillarning umumiy soni 1,3 mlndan
ziyodni tashkil etadi. Jumladan, Davlat
sektorida 66 392 dan ortiq, yuridik shaxslarda
280 229 dan ortiq, shaxsiy sektorda 1 057 687
dan ortiqni tashkil etadi
Files
409-412.pdf
Files
(1.5 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:ace2cfde06f5e7e582d8d3723868717f
|
1.5 MB | Preview Download |