OILAVIY AJRALISHLARNI OLDINI OLISH VA AJRIM YOQASIDAGI OILALAR
Creators
- 1. Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti Arxitektura fakulteti 5-bosqich talabasi
Description
Oilaviy ajrimlar masalasi bugun yo kechaning gapi emas. Bu borada yozilmagan gap, uni bosib chiqarmagan gazeta, mavzu yangramagan ko‘rsatuv qolmadi, hisob. Mutasaddilardan so‘rasangiz, “loyihalar amalga oshirilyapti, yarashtirish komissiyalari ishlayapti”dan nariga o‘tishmaydi. Lekin murg‘ak qalbning tirik yetim bo‘lishi zamonaviy jamiyatda odatiy holga aylanib bormoqda. Sudga ajrim uchun ariza topshirayotgan er-xotin tanlagan qarori ham o‘ziga, ham jamiyatga, ayniqsa, uning safiga endi qo‘shilgan kichik yoshdagi farzandining taqdiriga salbiy ta'sir qilishini anglaydi. Ammo anglash boshqa, natija esa amalda boshqacha tus olmoqda. Bugungi kunda oilani mustahkamlash, oila manfaatlarini himoya qilish davlat ahamiyatiga molik ustuvor vazifa sanaladi. Shunga ko‘ra, zamonaviy yoshlarni oilaviy hayotga maqsadli tayyorlash taqozo etiladi. Shu jumladan kelinlik va kuyovlikka nomzod yoshlarga nikoh, oila, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, oila tutish sirlari, er-xotinlik munosabatlari kabi masalalar yuzasidan bilimlarni o‘rgatish ham taqozo etiladi. Eng muhim masalalardan biri bu – qizlarni kelinlikka tayyorlashdir. Kelinlik mahorati mavjud. Uning sirlari mavjud. Mana shu an’anaviy va umumbashariy bilimlarni bugungi avlodlarga yetkazish, avlodlar uzviyligini ta’minlash, kelinlik an’analarining zamonaviy qirralarini yoritish muhimdir.
Files
6079.pdf
Files
(607.2 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:c5c1e6616d9671f6a449d3bd7706a3fa
|
607.2 kB | Preview Download |