Published January 26, 2023 | Version v1
Journal article Open

HOMILA TUSHISH XAVFI YUQORI BO'LGAN HOMILADOR AYOLLARDA PROGESTERONNI TA'SIRI

Description

Homiladorlikning 20 haftasigacha homila rivojlanishdan to’xtashi yoki homila tushishi homila o’z-o’zidan tushishi sifatida tavsiflanadi. Homila o’z-o’zidan tushishini xromosoma anomaliyalari, noto’g’ri implantatsiya va bir qator sabablari mavjud. So'nggi o'n yilliklarda homiladorlikning dastlabki bosqichida homila tushish xavfi bo’lgan ayollarda homila tushishini oldini olish va boshqarish bo’yicha ko'plab yutuqlarga erishildi, ammo bu muammo hali ham sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislarini tashvishga solmoqda[1]. Progesteron odatda "homiladorlik gormoni" deb ataladi, erta homiladorlik davrida ko'proq improvizatsiyalangan rolga ega, chunki u implantatsiya uchun endometriyni tayyorlash, shuningdek, bachadon va yo’ldosh munosabatini saqlash uchun javobgardir. Boshqa tomondan, qon zardobidagi progesteronning past darajasi homila tushish xavfini keltirib chiqarishi aniqlangan. Progesteron butun dunyo bo’yicha homila tushish xavfi bo’lgan ayollarni davolash uchun standart tanlov sifatida qabul qilinadi. Tadqiqotlarga ko’ra progesteron bachadonda mushak oqsili sintezini rag'batlantirishiga yordam berishi, prostaglandin va estrogenga sezgirligini oshirishga yordam berishi, shuningdek miometriyning erta qisqarishini oldini olishda katta rol o'ynashi aniqlandi[2].

Files

sharq_falsafasi-Yanvar-1_qism-91-96.pdf

Files (267.4 kB)

Name Size Download all
md5:50218ab8e524964c5cf829d0ee2b3a25
267.4 kB Preview Download