Published November 22, 2022 | Version v1
Conference paper Open

KOMPLEKS DASTURIY TA'MINOTLARDAN FOYDALANGAN XOLDA QUYOSH FOTOELEKTRIK QURILMALARINI LOYIHALASH UCHUN QUYOSH POTENSIALINI ANIQLASH

Description

Hozirgi vaqtda sanoat, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va qishloq xo’jaligi sohalari dunyo miqyosida shu bilan birga yurtimizning ko’plab hududlarida rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Shunga mos ravishta ularning ajralmas qismi elektr energiyasini iste’mol qilishning sezilarli darajada oshishiga olib kelmoqda. Shu sababli, sohalarning rivojlanish sur'atlarini oshirish maqsadida qo'shimcha elektr energiyasini ishlab chiqarishni joriy etish va uni tashish va ishlatish samaradorligini oshirish vazifalari juda dolzarb xisoblanadi. Energiyaga bo'lgan talab ortib borayotganligi sababli, uni an'anaviy manbalardan ishlab chiqarish sayyoramizning ekologik holatiga tobora ko'proq zararli ta'sir ko'rsatmoqda. Tabiiy energiya resurslari zahiralarining kamayishi, atrof-muhitning muqarrar ifloslanishi insoniyatni qayta tiklanadigan energiya manbalarini izlash va ulardan foydalanish zaruratini ilgari surdi. Hozirgi vaqtda elektr energiyasi ta’minoti amaliyotidagi asosiy tendentsiyalardan biri sanoat, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va qishloq xo’jaligi obiektlarini qo'shimcha elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun quyosh fotoelektr qurilmalaridan (QFEQ) foydalanish hisoblanadi. QFEQ parametrlarining aniqligini ta'minlash uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan eng muhim hisob-kitoblardan biri bu tizim joylashgan joyda quyosh radiatsiya potentsialini baholashdir. QFEQ ni loyihalashda soatlik o'lchamdagi aniqroq ma'lumotlar talab qilinadi. Ishlab chiqilgan algoritm doirasida ushbu muammo ma'lum bir davrda geografik koordinatalar bo’yicha (kenglik va uzunlik) berilgan nuqtada yo'naltirilgan sirtga keladigan quyosh nurlanishining yillik, oylik va soatlik qiymatlarini hisoblash imkonini beruvchi dasturiy ta'minot orqali hal qilinadi. Hozirgi kunda bunday dasturiy taminotlarning bir qancha turlari mavjud. Biz tadqiqot ishimizda shuday kompleks dasturiy ta’minotlardan biri bo’lgan PVsyst va RETScreen nan foydalandik.

Files

146-154.pdf

Files (733.8 kB)

Name Size Download all
md5:1d252b95c3b1cb97d5d4b2d10f365821
733.8 kB Preview Download