O'zbekiston va Koreya Respublikasi ta'lim sohasidagi hamkorlik
Authors/Creators
Description
ANNOTATSIYA Mazkur maqola Janubiy Koreya hamda O’zbekistonning mustaqillik yillaridan boshlab ta’lim sohasida olib borilgan hamkorlik natijalari haqida. Bilamizki, Janubiy Koreya Oʻzbekistonning eng yirik sarmoyaviy sheriklaridan biridir. Shu kungacha Janubiy Koreya va O’zbekiston o’rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, fan madaniyat, ta’lim va boshqa sohalarda ko’plab shartnomalar imzolangan. Ayniqsa ta’lim sohasida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi ta’lim sohasini rivojlanishida o’rni beqiyos desak bo’ladi. Jumladan, 1992-yildan Toshkentda Koreya taʼlim markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston davlati jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida Koreys tili va madaniyati markazlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi ochilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Koreyashunoslik fakulteti mavjud, u yerda malakali kadrlar yetishtirish boʻyicha katta ishlar va loyihalar qilinmoqda. Kasbga yoʻnaltirilgan oʻquv va uslubiy majmuallar yaratilmoqada. Universitetning talabalari Koreyaning nufuzli universitetlarida grantlar asosida tahsil olmoqdalar. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti malakaliy oʻqituvchilari Koreya Respublikasida malakalarini oshirib kelishmoqda.
Files
Magistrlar-NOYABR-1_qism-14-18.pdf
Files
(267.0 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:737d34de467b127307c73d10d392f98c
|
267.0 kB | Preview Download |