Published June 16, 2022 | Version pdf
Conference paper Open

TERMITLARNING ZARARLI XUSUSIYATLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI

Description

Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar (Isoptera) — hasharotlarning bir turkumi hisoblanib, 3000 turi ma’lum. Asosan tropik va subtropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda termitlarning 2 turi Turkiston termiti Anacanthotermes turkestanicus Jacobs., 1904 hamda katta Kaspiy orti termiti Anacanthotermes ahngerianus Jacobs., 1904 turlari respublikamizning deyarli barcha viloyat hududlarida uchraydi[1]. Termitlarning koʻpayish sababi dunyo miqyosida iqlim oʻzgarishi, havo haroratining koʻtarilishi hamda antropogen omillarning avj olishi bilan bogʻlanmoqda. Termitlarning dunyo miqyosida har yili keltiradigan zarari 40 milliard AQSH dollarini tashkil qilmoqda. Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

Files

Files (141.6 kB)