Published January 30, 2022 | Version v1
Journal article Open

O`QISH DARSLARIDA PIRLS XALQARO BAHOLASH TADQIQOTIGA OID TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI

  • 1. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 35-umumta'lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Description

       Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang`ich sinflarda PIRLS xalqaro baholash tadqiqoti tayyorlash borasidagi topshiriqlarning ahamiyati va unga asosan 4-sinf o`qish darslarida qo`llash imkonini beruvchi topshiriq namunalari keltirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga ko`ra “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi”da  xalq ta’limi tizimida o`quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar)da O`zbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki ta’minlanishi ta’kidlab o`tilgan.

        Shunga ko`ra PIRLS  tadqiqotlari doirasida turli ta'lim tizimiga ega bo`lgan davlatlarning 4-sinf bituvchilarining o`qish sifati va o`qilgan matnni tushunish darajasi o`rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o`quvchilarining tanlanishi shu bilan e'tiborliki, aynan o`qishning to`rtinchi yilida o`quvchilar o`qishning yuqori darajasiga ega bo`lishi, ularning keyingi ta'limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli  moslashuviga yordam beradi. Bunga tayyorlash jarayonida o`qish darslari muhim o`rin tutadi. Buning  uchun  o`quvchilarda  kitobxonlik  madaniyatini  tarbiyalash, ularni  oddiy  kitobxondan  ijodkor  kitobxon  darajasiga  ko`tarish  talab etiladi. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. 

Quyida 4-sinf O`qish darsligidan “Yaxshi niyat” hikoyasi asosida tuzilgan topshiriqlar namunasini keltiramiz:

 

Files

198-201.pdf

Files (603.6 kB)

Name Size Download all
md5:9ca4ba10c2b7260ef6460c47790c8db0
603.6 kB Preview Download