NEMIS TILIDAN O'ZLASHGAN SO'ZLARNING MAVZUIY GURUHLARI TASNIFI
Creators
- 1. Tabiiy yo'nalishlarda chet tili kafedrasi katta o'qituvchisi
Description
Annotatstiya: Ushbu maqolada o’zbek tilining lug’at tarkibida nemis tilidan o’zlashgan so’zlarning faol qo’llanilib kelayotganligi to’g’risida to’liq ma’lumot berilgan.
Annotatstiya: V state dan analiz i polnoe svedenie o mnogo ispolzovannыx zaimstvovannыx slov kotoroe perexodili s nemestkogo na uzbekskiy yazыka
Abstract: A complete information about the active usage of the borrowings from the German language in Uzbek language vocabulary is given in the article.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasida o’zbek adabiyotining bugungi kuni va ertangi istiqboli haqida so’z yuritib, jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini tarjima qilish, chop etish, o’rganish bilan bog’liq tajribalar, jahon adabiyoti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish masalasiga e’tiborni kuchaytirish lozimligiga urg’u beradi.
Nemischa so’zlar o’zbek adabiy tilining turli tarixiy taraqqiyot davrlarida turlicha ijtimoiy sabablar bilan kirib keldi. Ular madaniyat‚ ijtimoiy-iqtisodiy hayot, kasb-hunar, adabiyot-san’at, hayvonot dunyosi, jonivorlar, o’simliklar, qishloq xo’jaligi, tabiat hodisalariga oid so’zlardir.
Ma’lumki‚ til so’z yasash va so’zni yangi ma’nolarda qo’llash kabi ichki imkoniyatlardan tashqari, tashqi manbalar asosida ham rivojlanib, boyib boradi. Tilning tashqi manbalar ta’sirida boyishida lug’aviy birliklarning o’zlashishi muhim ahamiyatga ega. Xorijiy tillardan olinayotgan lisoniy birliklar tilda paydo bo’lgan muayyan bir lisoniy ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Mazkur ehtiyoj tufayli bir tildan boshqa tilga so’zlar o’zlashadi. O’zlashgan lisoniy birlik o’zi bilan o’zga tilga yangi bir tushunchani, yangi bir ma’noni ham olib kiradi.
O’zbek tiliga turli tarixiy bosqichlarda boshqa tillardan‚ chunonchi‚ arab‚ fors‚ rus va Evropa tillaridan ko’plab so’zlar o’zlashdi. Professor M. Mirtojievning taxmini bo’yicha, hozirgi o’zbek adabiy tili leksikasining 40 foizdan sal ortiqrog’ini boshqa tillardan o’zlashgan leksemalar tashkil etadi. Ayonki‚ boshqa tildan lisoniy birliklarning olinishida so’z o’zlashtirish faol va qulay usuldir.
Mustaqillikka erishgunga qadar Evropa tillariga oid so’zlar o’zbek tiliga‚ asosan‚ rus tili orqali o’zlashdi. Mustaqillik davrida esa rus tilidan o’zlashgan so’zlarning qo’llanilish doirasi biroz susayib, Evropa tillaridan o’zlashgan so’zlarning ta’sir doirasi ortdi. Mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlar‚ chunonchi‚ Evropa bilan o’zaro ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni o’rnatish natijasida bu tillardan so’zlar o’zbek tiliga bevosita o’zlashmoqda. Masalan, kollej‚ listey‚ universitet, lizing, konsalting, sanastiya, sammit, trafik, birja va boshqa shunga o’xshash Evropa tillariga oid so’zlar to’g’ridan-to’g’ri o’zbek tiliga o’zlashdi. Nemis tilidan o’zbek tiliga turli sohalarga oid so’zlar o’zlashgan. Ular orasida harbiy sohaga oid so’zlar ko’pchilikni tashkil etadi. Bunday so’zlarni ikki guruhga ajratib tasniflash mumkin:
Ulardan birinchisi harbiy unvon va lavozim nomlari bo’lib ularga quyidagilar kiradi: generalitet (armiyaning oliy qo’mondonlik tarkibi; generallar)‚ gerstog (saylangan harbiy boshliq; G’arbiy Evropada yuqori tabaqa dvoryanlarga, knyazlarga beriladigan oliy unvonlardan biri va shu unvonga ega bo’lgan shaxs)‚ efreytor (ba’zi mamlakatlarda oddiy askarga beriladigan boshlang’ich harbiy unvon va shu unvonga ega bo’lgan shaxs)‚ rotmistr (otliq askar ofisterlariga berilgan unvon va shu unvonga ega bo’lgan shaxs)‚ soldat (askar, jangchi, harbiy kishi)‚ unter-ofister (quyi, eng kichik ofister; bir qancha mamlakatlar armiyasida kichik komandirlar tarkibidagi harbiy xizmatchi unvoni)‚ feldmarshal (bir qator mamlakatlar‚ Avstriya, Prussiya, chor Rossiyasi armiyalarida joriy qilingan oliy harbiy unvon va shu unvonga ega bo’lgan kishi; bu unvon Buyuk Britaniya va boshqa ba’zi mamlakatlarda saqlangan) va boshqalar.
Ikkinchi guruh so’zlarga harbiy qurollar va ular qismlarining nomlari kiradi: bron‚ vizir‚ gilza‚ shompol‚ raketa‚ mauzer va h. Bu kabi o’zlashma so’zlarning izohini to’liq keltirib o’tishni lozim topdik. Bron so’zining nemischa shakli Brunja bo’lib‚ uning asl lug’aviy ma’nosi «sovut, qoplama»dir. Harbiy mashinalarning o’q o’tmaydigan qalin po’lat niqobi, qoplamasi shu termin bilan ataladi. Misol: U otgan o’q tank broniga tegib, no’xatdek uqalanib ketdi. N.Safarov. Olovli izlar. Vizir so’zining nemischa shakli Visirdir. U visire (ko’rmoq, qaramoq) bo’lib‚ o’zbek tilida quyidagi ma’nolarda qo’llaniladi: 1. O’qotar qurollarning mo’ljalga olish, mo’ljalga to’g’rilash moslamasi; 2. Fotoapparatlarda ko’rinish (tasvir)ni qidirish, uning fotoplyonkaga sig’adigan qismini aniqlash uchun xizmat qiladigan asbob; tasvir qidirgich; 3. Geodezik asboblarda ularni biron-bir nuqtaga yo’naltirishga imkon beradigan moslama. Gaubista so’zining nemischa shakli Haubitze bo’lib‚ uning lug’aviy ma’nosi «pana orqasidagi dushmanga yuqorilatib otadigan qisqa stvolli to’p»dir.
Files
23-34.pdf
Files
(846.8 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:66e0469073158756101bcd13319fda72
|
846.8 kB | Preview Download |