Published February 26, 2026 | Version v1
Publication Open

QADIMGI DINIY E'TIQODLARDA TABIATGA MUNOSABAT

Authors/Creators

Description

Xalqimizning ong shuurida qaror topgan, uning milliy qadriyatlari negizida singib borgan, hamda rivojlanish darajasini belgilovchi ijtimoiy munosabatlarning ekologiyalashgan yo‘nalishlari va ularning majmuasi, millatimizning tabiatni muhofaza qilishdan iborat madaniyatiga asos hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqimiz ekologik madaniyatining nisbatan mustaqilligi xususiy hodisa emas, balki, umumiylikning namoyon bo‘lishidir. Chunki, «tabiat-jamiyat-inson» majmuasidagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi ekologik ong va madaniyat yordamida boshqariladi. Shunga ko‘ra, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni tabiatni muhofaza qilish sohasidagi amaliy munosabatlariga ekologik borliq, xususan ekologik madaniyatdan ajralgan holda olib qarash metodologik jihatdan xatodir. Zero, ekologik madaniyat jamiyat ijtimoiy-ekologik munosabatlarining asosi, harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblangan tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlariga borib taqaladi. Aniqroq qilib aytganda, ekologik madaniyat insonning tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq hayotiy ehtiyojlarini qondirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi.

Files

ZDIF 0516.pdf

Files (288.0 kB)

Name Size Download all
md5:073e29fb8f34ab077f5e0a850a470f28
288.0 kB Preview Download