Published February 2, 2026 | Version v1
Journal article Open

Talabalarda affiliativ motivatsiyani rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari va komponentlari

Description

Ushbu maqolada motivatsiyaning tarkibiga kiruvchi affiliasiyani talabalarda rivojlantirishning zaruriyati
asoslangan.
Oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarda affiliativ motivatsiyani hozirgi zamon ilm-fani yutuqlari bilan uyg‘unlashtirgan
holda amaliyotga qo‘llashning afzalligi o‘rganiladi. Bugun talabalar birgalikda harakat qilishlari uchun faol muloqotda
bo‘lishlari, bir-birlarining xarakter xususiyatini tushunishi zarurdir. Buning uchun esa talabalar o‘zaro muloqotni
to‘g‘ri tashkil etishi va munosabat o‘rnatish jarayonida bir-birlariga moslasha olishlari ahamiyatlidir. Chunki bu har bir
talabaga dars davomida o‘z o‘quv faoliyatini samarali olib borish imkonini beradi.
Shuningdek, maqolada birgalikda vazifalarni to‘g‘ri va teng taqsimlanishi, qolaversa, ularning kichik guruhlarda ish olib
borishida muloqotning turli usullaridan unumli foydalanish shartlari izohlangan. Shunga ko‘ra, talabalarda affiliativ motivatsiyani
rivojlantirish omillarini olib kirishning ahamiyatlilik darajasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Files

426.Omonova Nilufar Omon qizi.pdf

Files (1.7 MB)

Name Size Download all
md5:9e37963174aef5f989b16c60fa74c99d
1.7 MB Preview Download

Additional details