Published January 9, 2026 | Version v1
Journal article Open

BO'LAJAK TARBIYACHILARDA KREATIV PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI

  • 1. Qo'qon universiteti, Ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

Description

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KREATIV PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI

Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi

Qo‘qon universiteti, Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

Orcid: https://orcid.org/0009-00017868-7602

E-mail: boymirzayevashahnoza98@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.18198341

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kreativ pedagogik tafakkurning mazmuni va tuzilishi, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar hamda pedagogik modelning asosiy komponentlari yoritilgan. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan pedagogik model bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ fikrlashi, pedagogik tashabbuskorligi va kasbiy kompetensiyasini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: bo‘lajak tarbiyachi, kreativ pedagogik tafakkur, pedagogik model, innovatsion yondashuv, kreativ kompetensiya, pedagogik faoliyat, maktabgacha ta’lim

 

Files

13.00.00 – Pedagogika fanlari Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi.pdf

Files (440.5 kB)