Published July 25, 2025 | Version v1
Journal article Open

INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA RISKLARNI BOSHQARISH YO'LLARI

Description

Ushbu ilmiy maqolada innovatsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy tavakkalchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari va ta’sir doirasi chuqur tahlil qilinadi. Innovatsion loyihalar o‘z mohiyatiga ko‘ra yuqori noaniqlik, texnologik yangilik va tijorat xavfliligi bilan ajralib turadi, bu esa ularning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini murakkablashtiradi. Maqolada moliyaviy, texnologik, bozor, huquqiy va boshqaruv risklari turli mezonlar asosida tasniflanadi va baholanadi. Shuningdek, har bir risk turining innovatsion loyiha samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi amaliy misollar asosida tahlil etiladi. Maqolada risklarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari – diversifikatsiya, bosqichma-bosqich moliyalashtirish (stage-gate modeli), venchur kapital fondlari, biznes farishtalar (business angels), davlat grantlari va subsidiya dasturlari kabi moliyalashtirish vositalari yoritib berilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida innovatsion muhitni shakllantirishda mavjud infratuzilmaviy va institutsional imkoniyatlar tahlil qilinadi, risklarni kamaytirishga xizmat qiluvchi tashkiliy va huquqiy mexanizmlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Files

528-535.pdf

Files (370.9 kB)

Name Size Download all
md5:8784113f4e617b20e91033a1e0b9119c
370.9 kB Preview Download