Published July 5, 2025 | Version v1
Journal article Open

PIROLIZ MOYI ASOSIDA OLINGAN SUPERPLASTIFIKATORNI NEYTRALLASH JARAYONINI O'RGANISH

Description

Ushbu maqolada piroliz moyi asosida yangi superplastifikatorlar olish usullari ishlab chiqilgan, sintez jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan, ularning kimyoviy tuzilishi va funksional guruhlari infraqizil spektroskopiya (IQ-spektroskopiya), skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) va termogravimetrik tahlil (DTA) usullari yordamida tadqiq etilgan. Shuningdek, superplastifikatorlarning suvli mineral suspenziyalar hamda sement asosidagi kompozitsion tizimlarga ta’siri o‘rganilgan.

Piroliz moyi, sulfat kislota, formalin, dietanolamin va natriy gidroksid asosiy reaktivlar sifatida qo‘llanilgan. Yangi superplastifikatorlarning tarkibiy tuzilmasi, fizik-kimyoviy va dispersiyaviy xossalari, shuningdek, beton qorishmalarining oquvchanligi va mustahkamligiga ta’siri aniqlanib, ular kontsentratsiyasiga bog‘liq qonuniyatlar asosida baholangan.

Files

155-165.pdf

Files (541.5 kB)

Name Size Download all
md5:5732578079658011a550a020024d96cc
541.5 kB Preview Download