Published June 21, 2025 | Version v1
Journal article Open

YORUG'LIK VA SOYANING TASVIRIY SAN'ATDAGI AHAMIYATI.

  • 1. Urgаnch dаvlаt pedаgogikа instituti "Sаn'аtshunoslik" kаfedrаsi o'qituvchisi.
  • 2. Urganch davlat pedagogika instituti ''Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi'' ta'lim yoʻnalishi talabasi.

Description

Mazkur ilmiy ishda yorug‘lik va soya tushunchalarining tasviriy san’atdagi estetik, texnik va didaktik ahamiyati yoritiladi. San’at asarlarida yorug‘lik va soya yordamida shakllar, hajmlar, fazoviylik, harakat va hissiyotlar ifodalanadi. Ayniqsa, realizm, impresionizm va barokko kabi san’at yo‘nalishlarida yorug‘lik va soyaning roli ajralmas hisoblanadi. Ushbu omillar rassomlikda kompozitsion yechimlar topishda, vizual idrokni kuchaytirishda va hissiy ta’sirni oshirishda asosiy vositalardan biri sifatida xizmat qiladi. Ishda klassik va zamonaviy asarlarda yorug‘lik va soyadan foydalanish uslublari tahlil qilinadi, san’atshunoslik, psixologiya hamda pedagogika nuqtai nazaridan asoslangan ilmiy xulosalar keltiriladi. Shuningdek, tasviriy san’at ta’limida ushbu elementlarni o‘rgatish jarayonidagi metodik yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari tasviriy san’atni o‘rganayotgan talabalar uchun foydali bo‘lib, ularning kuzatuvchanligini va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Files

136-139 (2).pdf

Files (640.4 kB)

Name Size Download all
md5:231ebf5f902fd533af7c73b45c4f7b13
640.4 kB Preview Download