Published May 22, 2025 | Version v1
Journal article Open

GAP BOʻLAKLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Description

Gap tarkibidagi oʻzaro tobe bogʻlanishda boʻlgan soʻzlardan bittasi tobe boʻlak ikkinchisi hokim boʻlak vazifasini bajaradi. Tobe boʻlak hokim boʻlakka bogʻlanib hokim boʻlak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap boʻlagi nomi bilan yuritiladi.

Gapda soʻzlar oʻzaro grammatik munosabatga kirishib gap boʻlaklarini hosil qiadi. Gap boʻlaklari vazifasini mustaqil soʻzlargina bajaradi.Har bir boʻlagi boshqa gap boʻllaklari bilan boʻlgan grammatik munosabatlariga koʻra belgilanadi, ya’ni har bir gap boʻlagi oʻzi munosabatga kirishgan soʻz bilan ma'lum sintaktik aloqada boʻladi. Quyidagilar gap boʻlaklari turlarini belgilashda eng asosiy xususiyat boʻla olmaydi: 1) soʻzlarning qaysi turga mansubligi; 2) soʻzlarning qaysi soʻroqqa javob boʻlishi; 3) soʻzlarning gap ichida joylashish tartibi; 4) soʻzlarning qanday qoʻshimchalar olishi.

Files

1254-1260.pdf

Files (360.8 kB)

Name Size Download all
md5:0d68a3a0530cf572a6f6daeb1180dcf7
360.8 kB Preview Download