SUN'IY INTELLEKT TOMONIDAN NUTQ SINTAKSISINI TUSHUNISH: INGLIZ TILIDA MURAKKAB GAPLARNI ANALIZ QILISH MUAMMOLARI
Creators
Description
ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) tomonidan ingliz tilidagi murakkab gaplarning sintaktik tahlili jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) tizimlarining rivojlanishi nutq sintaksisini tushunish darajasini sezilarli oshirgan bo‘lsa-da, murakkab gaplarning grammatik va semantik tuzilishini to‘g‘ri aniqlash hanuz dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ingliz tilidagi subordinatsiya, koordinatsiya, inversiya va ellipsis kabi grammatik hodisalar, shuningdek, polysemy, anafora va sintaktik noaniqliklar SI modellarining natijalariga bevosita ta’sir qiladi.Maqolada ushbu muammolarni hal etish uchun ishlatilayotgan zamonaviy yondashuvlar, jumladan, chuqur o‘rganish (Deep Learning), transformer arxitekturasi (BERT, GPT, T5) hamda sintaktik daraxt (syntactic tree) va bog‘lanish grammatikasi (dependency grammar) asosida qurilgan modellarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, SI tizimlarining murakkab gaplarni to‘g‘ri tahlil qilishdagi chegaralari va ularni yaxshilash uchun ilg‘or algoritmik yondashuvlar muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari, sun’iy intellekt yordamida tabiiy tilni qayta ishlash tizimlarining sintaktik aniqligi va semantik tushunish darajasini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Files
1.6.pdf
Files
(321.0 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:99ef15e04ad41f9f22da6a705a9be0b1
|
321.0 kB | Preview Download |