ORTODONTIK BEMORLARDA STOMATOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI, INDIVIDUAL CHORA TADBIRLARNI ISHLAB CHIQISH
Description
Ortodontik davolash bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini yaxshilash va estetik ko‘rinishni tiklashda muhim o‘rin tutadi. Biroq ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ortodontik davolash jarayoni davomida ayrim salbiy holatlar, xususan, tish kariesi rivojlanish xavfi ortadi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ortodontik qurilmalar blyashka to‘planishiga sabab bo‘ladi va bu emalning demineralizatsiyasi, kariyes va boshqa stomatologik muammolarga olib keladi. Baʼzi tadqiqotlar esa ortodontik davolanishdan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga e’tibor oshishi mumkinligini ta’kidlaydi. Koreya Milliy Sog‘liqni Saqlash va Oziqlanish So‘rovining (KNHANES VI) 2013–2015 yillar oralig‘idagi ma’lumotlari asosida olib borilgan tadqiqotda ortodontik davolanish o‘tgan shaxslarda tish kariesi tarqalishi sezilarli darajada past bo‘lgani aniqlangan. Shu asosda stomatologiya kasalliklari profilaktikasida individual yondashuv, jumladan, gigiena bo‘yicha ma’lumot berish, shaxsiy parvarish vositalaridan foydalanishni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar sharxida ortodontik davolanish davomida individual profilaktika choralarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tavsiyalar asoslab berilgan. Bu holat profilaktik stomatologiyaning yanada kuchaytirilgan individual modelini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Files
692-703.pdf
Files
(880.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:c9e864ff7dd116ab58a85052a5e34ce8
|
880.4 kB | Preview Download |