Published November 14, 2024 | Version v1
Journal article Open

VYETNAM TILIDA CÁI [KAI] HISOB SO'ZINING LEKSIK, SEMANTIK TAHLILI

Description

Klassifikatorlar[1], ya’ni hisob so‘zlar[2] ba’zi Sharqiy Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya), hamda Janubiy Osiyo (Vyetnam, Tailand, Birma va boshqalar) davlatlari tillarida ob’ektini kerakli kontekstga qarab tasniflash uchun ishlatiladigan so‘z yoki morfema bo‘lib, dunyo tilshunosligida, xususan, vyetnam tilshunosligida hisob so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni vujuda keltiruvchi omillar, hisob so‘zlarning semantikasi, grammatik tabiati kabi masalalarni tilning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-nazariy jihatdan tavsiflash va tadqiq etish zarurati yuzaga keladi.

Mazkur maqolada aniq va mavhum narsa-buyumlarning katta guruhini tavsiflashda keng qo‘llaniladigan cái [kai] hisob so‘zi ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganib chiqiladi, munosabat bildiriladi va zarur xulosalar keltiriladi.


[1] Izoh: Klassifikator atamasi keng qamrovli bo‘lib, odatda semantik mezonlarga ko‘ra otlarni tasniflovchi tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi va aniqlovchi morfemalar deb tavsiflnadi. Klassifikatorlar uzoq vaqt davomida funksional tipologiyaning asosiy diqqatida bo‘lib, o‘rganib kelingan.

[2] Izoh: Hisob so‘zlar aslida turkum jihatdan ot so‘z turkumiga mansub so`zlar bo‘lib, ular son va hisoblanayotgan ot so`zi o`rtasida kelib, songa o`lchashda ko`maklashuvchi so`zlar hisoblanadi va ular o‘zidan keyin kelayotgan otni o`zgartirmagan holda, mazkur ot so‘zlarini tasniflash…, shuningdek o‘lchov va harakatning miqdorini anglatuvchi so`zlar sifatida ham namoyon bo‘ladi.

Files

19 Qodirova Dilbarxon Mirzaxparovna 155-162.pdf

Files (433.5 kB)

Name Size Download all
md5:4633fc48e61e4999e8b7f1fe4905344e
433.5 kB Preview Download