Published November 11, 2024 | Version v1
Journal article Open

BUTUNJAHON SAVDO TASHKILOTI VA UNGA OʻZBEKISTONNING AʼZOLIK MASALALARI

Description

Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti bugungi davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro tuzilma hisoblanadi. Dunyo savdosining 95 foizdan ortig’i ushbu tashkilotga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashkilotning asosiy vazifasi erkin va shaffof savdo aloqalarini tartibga solish va savdo jarayonlarni kengaytirish orqali tashkilotga a’zo davlatlarning avvalo iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda umumiy hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan.

Mazkur maqsadlar o’z navbatida bugungi rivojlanish bosqichida O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarning maqsadlariga to’la to’kis mos keladi. Ushbu maqolada Jahon savdo tashkiloti va unga O’zbekistonning a’zo bo’lishida amalga oshirilayotgan ana shu islohotlar, tahlil va natijalar haqida so’z yuritiladi.

Files

163-168.pdf

Files (378.7 kB)

Name Size Download all
md5:6087b744e50512fa65c8bd4e730ab933
378.7 kB Preview Download