Neft-gaz korxonalari moliyaviy-iqtisodiy faoliyati natijalari tahlili ("O'ZBЕKNЕFTGAZ" AJ misolida)
Description
Neft-gaz majmuasi – neft va gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash hamda ularning mahsulotlarini taqsimlash
bilan shug‘ullanuvchi sanoat tarmoqlari guruhini o‘z ichiga olib, iqtisodiyotni rivojlantirishda ham ichki, ham tashqi
bozorda muhim o‘rin tutadi [1]. Ayni paytda neft-gaz sanoati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Zamonaviy O‘zbekiston iqtisodiyoti xom ashyoni
rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar sohasini kengaytirish modeliga e’tibor qaratish bilan ajralib
turishini hisobga olsak, uning barqarorligi mineral-xomashyo kompleksi, yoqilg‘i-energetika ta’minoti, birinchi navbatda,
neft-gaz sektorining holati va rivojlanishiga sezilarli darajada bog‘liq deb aytish mumkin bo‘ladi.
Neft-gaz majmuasi faoliyatidan olinadigan daromadlar mamlakat yalpi ichki mahsulotiga salmoqli hissa qo‘shib, budjetning
salmoqli qismini tashkil etadi. Neft-gaz korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va ularning natijalari ko‘p jihatdan
hozirgi global bozor sharoitlariga bog‘liq. Shu bilan birga, neft va tabiiy gaz narxini tartibga solish va yetarlicha ishonchli
prognoz qilish juda qiyin. Neft narxining sezilarli o‘zgarishi nafaqat neft qazib oluvchi kompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga,
balki butun respublika iqtisodiyotining holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda, yoqilg‘i-energetika sohasi, xususan, neft-gaz sanoati moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini ta’minlashda,
geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va ularga yo‘naltirilgan investitsiyalar muhimligini ta’kidlash lozim[2].
Mazkur maqolada neft-gaz majmuasi sanoatining mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi, faoliyat yo‘nalishlar soha
yetakchisi bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati misolida ko‘rib chiqiladi. Jamiyatning bozorda egallagan o‘rni
hamda moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda mavjud risklar SWOT-tahlili asosida ko‘rib chiqiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida va umaman mintaqada energetika ta’minoti sohasida yuzaga kelgan
nobarqaror vaziyat fonida neft va gaz bozoridagi mavjud vaziyat tahlili o‘tkazildi, korxonada faoliyat yo‘nalishlari hamda
uning rivojlanish ko‘rsatkichlari baholandi. Ushbu tahlil taraqqiyot nuqtayi-nazaridan kompaniyalarning rivojlanishi va yaxshilanishini
ko‘rish imkonini beradi.
Files
w102.pdf
Files
(2.8 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:94d79f6e5aad215575729c046e1c2c8b
|
2.8 MB | Preview Download |