SURXONDARYO IQLIMIDA INTRODUKSIYA QILINGAN VALERIANA OFFICINALIS ILDIZPOYASI TARKIBIDAGI EFIR MOYLARI VA MURAKKAB EFIRLAR MIQDORINI ANIQLASH
Description
Respublikamizda uchramaydigan, endilikda tabiatimizga moslashtirilayotgan yoki Yer sharining boshqa floristik oblastlaridan introduksiya qilinayotgan va iqlimlashtirilayotgan dorivor o‘simliklarni o‘rganish sohasida ham olimlar ko‘pgina ishlar qildilar va bu izlanishlar davom ettirilmoqda. Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 1/3 qismi dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda.Valeriana Osiyoning tog‘li mintaqalarida tarqalgan. O‘rta Osiyoda 12 tur, Respublikamizda esa 3 turi uchraydi. Tabobatda turkumning, asosan, dorivor valeriana – Valeriana officinalis turi ishlatiladi, mazkur tur maxsus xo‘jaliklarda ekib o‘stiriladi. Dori vositalari tayyorlash uchun valeriananing ildizi va ildizpoyasi ishlatiladi. Valeriana officinalis preparatlari (ildizidan kukun, tabletka, damlama, qaynatma, ekstrakt) asab tizimini tinchlantiruvchi, yurak faoliyati ishini tartibga solishda, qon tomirlarini kengaytirishda, qon aylanishini normallashtirishda foydalaniladi. Valeriana turkumi turlari tabiatda tarqoq holda uchragani bois tabiiy zahiralari farmatsevtika sanoati hamda aholi talabini qondira olmaydi.
Files
FICHTQ 0519.pdf
Files
(646.9 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:201441943a45e5d9d9a1759f8eefd95f
|
646.9 kB | Preview Download |