ISHEMIK INSULT BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA YURAK URISH TEZLIGINING O'ZGARUVCHANLIGINI BAHOLASH.
Description
O'tkir serebrovaskulyar patologiyada yurak disfunktsiyalarining tez-tez kuzatilishi bir tomondan, insult bilan og’rigan bemorlarning va yurak kasalliklarining keng tarqalganligi bilan bog'liq bo'lsa, boshqa tomondan, bu bevosita miya tomonidan buladigan uzgarishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Oxirgi yillarda yurakda bo’ladigan o'zgaruvchanlikni tahlil qilish vegetativ asab tizimining (VAT) holatini va yurakda kuzatiladigan salbiy o’zgarishlarni baholash usuli sifatida keng tarqaldi. Bugungi kunga kelib, yurak urish tezligining o'zgaruvchanligi (YUTO’) tarkibiy qismlarini shakllantirish mexanizmlari o'rganildi va turli funktsional holatlardagi sog'lom odamlarda va turli patologiyalarda, shu jumladan insult bilan og'rigan bemorlarda VATdagi o'zgarishlarni qayd etish uchun YUTO’ tahlilining diagnostik ahamiyati o'rganib chiqildi. Vegetativ qon tomirlarida bo’ladigan uzgarishlarni tartibga solishni o'rganish natijalari reabilitatsiya tadbirlarini rejalashtirish va bemorning bevosita va uzoq muddatli prognozini yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.
Files
152-165.pdf
Files
(478.6 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:1708d218d4fa3397e0ad15810cbf3ac5
|
478.6 kB | Preview Download |
Additional details
Dates
- Accepted
-
2024-04-15