Published September 20, 2023 | Version v1
Journal article Open

COVID-19 INFEKSIYASINING YURAK QON- TOMIR TIZIMI KASALLIKLARINING KЕCHISHIGA TA'SIRI

Description

Koronavirus pandemiyasi global salomatlik ko‘rsatkichlariga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi kunga kelib, dunyo bo‘yicha 60 millionga yaqin koronavirus bilan kasallanish xolatlari aniqlangan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning turli mintaqalarida koronavirus kasalligining yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan asoratlanish xolatlari 2,7%-33,2% gacha farqlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 bemorlarda kardiovaskulyar kasalliklar bilan asoratlanganda 22.7% bemorlarda og‘ir xolatlarga, 10.5% bemorlarda o‘limga sabab bo‘ladi.

Koronavirus kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning 1-5 kunlarida miokard infarkti rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lib, ko‘plab bemorlarda bu xolat infarktga xos bulgan klinik belgilar namoyon bo‘lishisiz kechishi aniqlangan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ko‘p tarmoqli klinikasi Kardioreanimatsiya bo‘limida 2020-yil sentyabr va oktyabr oylarida davolangan 30 ta bemor o‘rganilganda, 1 nafar koronavirus fonida va 8 nafar koronavirus kasalligidan keyin miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlar qayd qilingan. O‘zbekiston xududida koronavirus- assotsirlangan miokard infarkti klinik kechishining o‘ziga xosligi o‘rganilmagan bo‘lib, muxim ilmiy-amaliy axamiyatga ega.

Files

M-81.pdf

Files (288.8 kB)

Name Size Download all
md5:b0e9c522b0bd81bfe6fda054cb8a3a37
288.8 kB Preview Download