Published September 20, 2023 | Version v1
Journal article Open

BAKTERIYALAR TOMONIDAN CD(II) KATIONLARI BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARNING BIOREMEDIATSIYASI

Description

. Ushbu tadqiqot kadmiy (Cd) bilan ifloslangan tuproqlarni qayta tiklashda uchta bakteriya shtammlarining (Enterobacter ludwiigi, Bacillus simplex, Bacillus licheniformis)  alohida va assosiasiyadagi sinergetik ta'sirini baholashga qaratilgan. Sinov o`simligi sifatida bug`doydan foydalanilgan. Enterobacter ludwiigi A11, Bacillus licheniformis A10 va Bacillus simplex A8 bakteriyalarining kombinatsiyalari bilan ishlov berilgan bug`doy urug`lari Cd ning 3 xil konsentratsiyasini (2.4, 4.1, 8.2 mg/kg) o'zida tutgan tuproqlarga ekildi va  30 kun davomida o'simlikning o'sishi va rivojlanishi kuzatildi. O'tkazilgan tadqiqotlar yakunida o'simlik balandligi, poya va ildiz biomassasi, xlorofill miqdori aniqlandi. Bakteriyalarning assosiasiyasi qo'llanilganda, yagona shtamm qo`llanilgandagi natijaga nisbatan o'simliklarning o'sish parametrlari sezilarli darajada rag'batlashtirilgani aniqlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, tekshirilgan bakteriyalar Cd bilan ifloslangan tuproqlarning bioremediatsiyasini ta`minlashda va o`simlik  o'sishini kuchaytirishda sinergetik potensialga egadir.

Files

M-72.pdf

Files (270.9 kB)

Name Size Download all
md5:3bfa410f70305f7d331a24f94afaf000
270.9 kB Preview Download