Published July 16, 2023 | Version v1
Journal article Open

1917-YIL FEVRAL BURJUA-DEMOKRATIK INQILOBINING TURKISTONGA TA'SIRI MASALLARI MUSTAQILLIK DAVRI TARIXSHUNOSLIGIDA

  • 1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti talabasi

Description

1917-yil fevral burjua-demokratik inqilobining Turkistonga ta'siri masalalari haqida mustaqillikka erishganimizdan so’ng bir guruh olimlar tomonidan o’rganiladi boshladi. Xususan bu davr tarixi yoritilgan R.M Abdullayev, D.A.Alimova, M.Asqarov, G.Sh.Zunnunova, S.S.A’zamxo’jayev[1] va boshqa mualliflar jamoasi, M.Jo’rayev, R.Nurullin, S.Kamolovlarning[2] kitobi, S.A.Toshtemirovaning[3] kitoblarida  bu davr yoritilganligini ko’rishingiz mumkin. Chet el tarixchilaridan bu mavzu bo’yicha o’rgangan olimlardan Alexander J. Park[4] 1917–1927 yillar tarixi bilan haqidagi bu asarda mavjud hujjatlardan mazmunli talqinni siqib chiqarishga urinilgan. Bu osha o’n yillikdagi Turkistonga bag'ishlangan yagona asar bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari amerikalik tadqiqotchi Adib Xolid[5] ning izlanishlari va kitoblaridan foydalanib tahlil qilindi. Bundan tashqari bu maqolaning maqsadi bolsheviklar burjua-demokratik inqilobini Turkiston ziyolilari va aholisiga ta’sirini tarixshunoslik orqali yoritish, fevral inqilobini Turkistonga ta’sirini mustaqillik davrida obyektiv tarixshunoslik orqali tahlil qilish, 1917-yil fevraldagi Turkiston hududidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni hozirgi davr nuqtai nazari bilan o’rganib chiqish, Bu haqda fikr mulohazalarni chet el olimlari va mustaqillik davri tarixchi olimlari orqali bildirish va ularning tarixshunoslikka oid adabiyotlaridan foydalanib yoritishdan iborat. Bu maqolada yoritilayotgan tarixning davriy chegarasi 1917-1924 yillar Turkiston ASSR(1918-1924) va Xiva xonligi , Buxoro amirligi (1917-1920), BXSR va XXSR (1920-1924) yillarda sodir bo’lgan voqealar  nazarda tutilgan. Bu davrning o’rganilish tadqiqotlari esa 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda o’rganib kelinmoqda va izlanishlar olib borilmoqda

Files

207-212 Komiljonova N.pdf

Files (480.2 kB)

Name Size Download all
md5:88fbf0216704dd0be31fa4fb3df393aa
480.2 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. Узбскистон гарихи (1917-1991 йи.). Узбскистон 1917-1939 йилларда масъул мухаррирлар Р. Абдуллаев. М. Рахимов. К- Ражабов; Узбекистон Республикаси Фанлap академияси Тарих института.
  • 2. Узбекистоннинг янги тарихи масалалари буйича мувофиклашгирувчи методнъик марказ Тошкент «O'zbekiston» ПМИУ. 2019. 560 Б
  • 3. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида //Тузувчи- лар: М.Жўраев, Р.Нуруллин, С. Камолов ва бошқ.; Таҳрир хайъа- 6. ти: А. Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. - Т.: «Шарқ», 2000. - 688 б.
  • 4. S.A. Toshtemirova "Tarixshunoslik [Matn]: o'quv qo'llanma" /. -Toshkent: <<ZEBO PRINT», 2022. - 314 b.
  • 5. Alexander J. Park. Bolshevism in Turkestan, 1917 - 1927. - New York, 1957.
  • 6. "0'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob" / Adib Xolid. - Toshkent: «Akademnashr», 2022. - 424 b.