Published June 20, 2023 | Version v1
Journal article Open

VATAN KONSEPTINING BADIIY MATNDA VERBALLASHUVI

Description

Konseptlarning umumiyligi ajralmas va makon sifatida yagona kontsept maydonni tashkil etadi. Har bir madaniyat olam madaniyat modelining bir qancha umumbashariy konseptlaridan iborat (masalan, vaqt, o‘lchov, muhabbat, axloqiy tushunchalar, aql, makon, unsurlarning mohiyati va boshqalar), ammo har bir millat ushbu konseptlar o‘rtasida o‘ziga xos munosabatlarga ega. Bu o‘ziga xoslik milliy olam qarashining asosini tashkil qiladi. Bunday jihatlar Saida Zunnunova va Pak Van So asarlarida alohida ajralib turadi va Sharq hayotiy falsafasida katta o‘rin tutadi. Sharq aholisi o‘z ona yurtiga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ushbu dalilni tasdiqlovchi qayta ishlangan tasviriy materialga asoslanib, biz o‘zbeklar va koreyslar uchun asosiy tarkibiy qismlarni birlashtirgan VATAN konseptini ajratib ko‘rsatishni o‘rinli deb hisoblaymiz.

Files

zenadoga.pdf

Files (4.0 MB)

Name Size Download all
md5:955ebe1e5fbde2192c70127fcb469646
4.0 MB Preview Download