URBOEKOTIZIMLAR TUPROQLARI HOLATINI EKOLOGIK BAHOLASH (SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA)
Creators
- 1. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Description
XX–asrning boshlarida asosan rivojlangan mamlakatlarda sanoat va urbanizatsiya jadal rivojlandi. Buning natijasida ko‘plab shaharlar va sanoat zonalari bunyod etilib, urboekotizimlar hosil bo‘ldi. Ma’lumki, urboekotizimlarning yaratuvchisi insondir. Bugungi kunda biosferada ko‘plab tabiiy ekotizimlar, hududlar, atmosfera, litosfera, gidrosfera insonning faol ta’siri ostida bo‘lib turibti, bu esa ekologik holatning izdan chiqishiga va turli xil ekologik muamolarni yuzaga kelishiga asosiy omil bo‘lib hizmat qilmoqda. Xususan, O‘zbekistonda ham urbanizatsiya, zamonaviy urboekotizimlarni bunyod etish jarayoni mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jadal sur’atlarda rivojlandi. Lekin unutmasligimiz kerakki, shahar muhiti insonni tabiatdan uzoqlashtiradi. Urboekotizimlar “inson faoliyati tufayli hosil bo‘lgan, urbanogen kelib chiqadigan materiallarni aralashtirish, to‘ldirish, ko‘mish yoki ifloslanish natijasida hosil bo‘lgan 50 sm dan ortiq sirt qatlamiga ega bo‘lgan antropogen o‘zgargan tuproqlar”hisoblanib uni tadqiq etish juda muhim ahamiyatga ega.
Files
206-216.pdf
Files
(1.1 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:94cc8bed6a8cd88507c90ef68795ce9e
|
1.1 MB | Preview Download |
Additional details
Related works
- Is cited by
- Journal article: 10.5281/zenodo.8044952 (DOI)