Published April 5, 2023 | Version pdf
Journal article Open

O'ZBEK OILALARIDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY MUNOSABATLAR

Description

Oila va u bilan bog’liq bo‘lgan jarayonlar Etnografiyada har doim dolzarb mavzulardan bo‘lib kelgan. Chunki har bir millat oilasi o‘ziga xos xususiyatlar bilan bir biridan farq qiladi. Shu jumladan o‘zbek oilalari ham o‘ziga xos turmush va madaniyat tarziga ega hisoblanadi. O‘zbek oilalaridagi qon-qarindoshlik, oila-nikoh munosabatlarini o‘rganar ekanmiz bu munosabatlarda an'anaviylik va zamonaviylik belgilarini kuzatamiz. Oilalardagi qarindoshlik munosabatlarining asosini er-xotin, farzandlar va oilaga eng yaqin bo‘lgan qarindoshlar guruhi tashkil etadi. Shuning uchun o‘zbek oilalarida azaldan rivojlanib kelayotgan qarindoshchilik munosabatlari bugungi kunga kelib zamonaviy xususiyatlarga ham aylanib bormoqda. Chunki oilaviy munosabatlar va ular bilan bog’liq urf-odatlar rivojlanib borgani sari qarindosh urug’ munosabatlari ham shunchalik zamonaviy tusga kira boradi.

Files

PROGRESS....O‘ZBEK OILALARIDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY MUNOSABATLAR..pdf

Files (569.0 kB)