Published April 24, 2023 | Version v1
Journal article Open

SIMSIZ SENSORLAR TARMOQLARIDA TAKOMILLASHTIRILGAN SPARROW QIDIRISH ALGORITMINING ISHINI TAHLILI

Description

Simsiz sensorlar tarmoq (SST) lari ma’lumotlarni to‘plash va bazaviy stansiyaga uzatish uchun ishlatiladigan cheklangan batareya energiyasiga ega bo‘lgan sezilarli tugunlar sonini o‘z ichiga oladi. Bu yerda energiyaning katta qismi ma’lumotlarni uzatishga sarflanadi. Shuning uchun birinchi navbatda, tugunlarda energiya sarfini minimallashtirish hisobiga tarmoqning yashash muddatini maksimal darajada oshirish kerak.

Bu muammoni yechish uchun ma’lumotlarni energetik samarador uzatishga erishish uchun klasterlashtirish usuli qo‘llaniladi. Klasterning bosh tuguni (BT) tanlanadi, u qolgan energiyani tejash uchun energiyani taqsimlash mexanizmidan foydalanadi va bu bilan tarmoqning yashash muddatini uzaytiradi. Turli xil mavjud usullar qo‘llaniladi, ammo har bir algoritm individual sezilarli cheklovlarga ega. Bu maqolada taklif etilgan differensial evolyusiya algoritmiga ega Sparrowni qidirish gibrid algoritmi simsiz sensorlar tarmoqlarida klaster boshini tanlash yo‘li bilan energetik samaradorlik muammosini yechish uchun mo‘ljallangan.

Notes

"Science and innovation" international scientific journal. ISSN: 2181-3337

Files

11.2.pdf

Files (775.6 kB)

Name Size Download all
md5:6dcb773ca3a8b445402bb0d66cc6ee8b
775.6 kB Preview Download