QANDLI DIABETDA YIRINGLI-NEKROTIK FASSIITLAR ASORATINI DAVOLASH MUAMMOLARI
Description
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining yiringli septik bo‘limida va SamDMU ning ko‘p tarmoqli klinikasining xirurgiya bo‘limlarida oxirgi yillarda qandli diabetning yiringli-nekrotik yallig‘lanishi bilan davolangan 58 nafar bemorlarning davolanish natijalari tahlil qilindi. Qiyosiy taqqoslashni tahlil qilish uchun biz bemorlarni 2 guruxga bo‘ldik. Birinchi guruxga 26 bemor (44.8%) kiritildi. Ikkinchi – nazorat guruhni 32 (55.2%) nafar bemor tashkil qilib, nekrotik fassiit yuzaga chiqqanligi aniqlandi. Faqat to‘liq holda qilingan nekrektomiya yaraning tozalanishiga yordam berdi. Biz tahlil qilgan yumshoq to‘qimalarning yiringli nekrotik flegmonalari bilan statsionarlarga kech kelgan birinchi guruxda nekrotik fassiit va ayrimlarida mionekroz kuzatilgan bemorlarda kasallik juda og‘ir o‘tdi. Sepsis (37%), ko‘p a’zoli yetishmovchilik (25%), o‘lim holati (27.5%) patsientlarda kuzatildi. Erta radikal operatsiyalar tashkil qilingan va etapli nekrektomiya qilingan nazorat guruxida yiringli yallig‘lanish kasalligi bilan sepsis holati 9% kishilarda uchradi, o‘lim holati 11.5% bemorlarda kuzatildi.
Files
191-196.pdf
Files
(541.2 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:055e0ac3e5512ab2a69af8aebb93ae49
|
541.2 kB | Preview Download |