Published February 15, 2023 | Version pdf
Conference paper Open

Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari

Description

Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt oʻtgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig oʻziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.

„Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;
  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;
  • chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
  • chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.

 

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:

  • ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
  • 100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
  • yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
  • konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
  • tenderlar eʼlon qilish;
  • erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
  • moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.

Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatllil yangi tennin hisoblanadi. Investitsiya (lot. investio - 0' rash) - iqtisodiyotni rivojlalltirish maqsadida o'z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo 'yish) dir. An'anaviy tarzda iuvcstitsiya deganda kelgusida ko'zda tutilgan daromadlami olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalami amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatiui tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamclti e'tibor beriladi. Investitsiyalaming iqtisodiy mohiyati va mazmuni to'g'risida iqtisodchi olimlar o'rtasida xilma-xil qarashlar va flkrlar mavjud. Bu so'zning ham keng ma'nosidan, ham tor ma'nosidan foydalanish mumkin. «lnvestitsiya» tushunchasining ma'no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir ta'rif berilmagan va iqtisodiy fanning turli sohalarida invcstitsiyaning maqsadi, vazifalari, manbasi, mablag' kiritish sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta'rif berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi PF-4434 sonli Farmoni bilan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun yaratilgan kafolat va imtiyozlar

1. Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llash huquqi berildi.

2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog’liq qo’shimcha talablar va cheklovlar o’rnatilishi qat’iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb hisoblanadi.

4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o’tkazish bo’yicha Davlat komissiyasiga (R.S. Azimov) xorijiy investorlarning buyurtmanomalari bo’yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo’lgan past likvidli ob’ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish yo’li bilan tanlov o’tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo’yicha sotish huquqi berildi.

5. Vazirliklar, idoralar va xo’jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko’p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi.

6. Xorijiy investorlarga o’zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo’lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.

II. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun soliq va bojxona sohasida belgilangan kafolat va imtiyozlar

2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va (ro’yxat bo’yicha) iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilingan.

 

Foydalanilgan adabiyotlar.

www.lex.uz

 

Files

ILM.Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.pdf

Files (722.8 kB)