Published November 17, 2022 | Version pdf
Journal article Open

Oila huquqida huquq, til va jamiyat munosabatlari Oripov Samandar Qaxramonovich

Description

Oila bu umumiy qilib aytganda jamiyatning asosiy va birlamchi bo‘g‘inidir. Davlat va jamiyatni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Davlat va jamiyat o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud bo‘lib, jamiyatning negizini turli xil oilalar tashkil qiladi. Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabat shuningdek, axloq-odob, urf-odat, an’ana, vijdon qonunlari asosida tartibga solinib turilsa-da, aksari hollarda bu munosabatlar huquqiy me’yorlar, qonunlar bilan ham tartibga solinadi. Misol tariqasida keltirib o’tsak, nikohga kirish, nikohning haqiqiy emasligi, er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari, nikohning tugatilishi, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlar va boshqalar huquqiy munosabatlar bo‘lib, u aynan oila huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Yurtimizda qabul qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy soha munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunlar xalqaro huquqiy standartlarga to‘la-to‘kis mos bo‘lib, ular ruhini hayotimizga singdirish ishiga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiya mamlakatlari sirasiga kiruvchi davlatdir. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, qadimdan Sharqda oila muqaddas maskan sanalgan. Oilaga bunday e’zozli munosabat bugungi kunda ham o‘zgargani yo‘q.

Files

DEV..ISHLAB CHIQARISH TA’LIMINI REJALASHTIRISH.pdf

Files (412.5 kB)