Published May 24, 2022 | Version v1
Journal article Open

O'SMIRLIK DAVRIDA STRESS HOLATLAR KORREKSIYASINING MUAMMOLARI

Description

O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. "Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas" - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. Ushbu maqolada, o'smirlik davrida stress holatlar korreksiyasining muammolari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Files

ZDPP14015.pdf

Files (531.1 kB)

Name Size Download all
md5:0e0a7e2a4d9d0744c5aa21d772376d53
531.1 kB Preview Download