O'ZBEKISTONDA MAHALLIY VAKILLIK ORGANLARI TOMONIDAN HOKIM FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNING HUQUQIY MEXANIZMI
Creators
- 1. Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy axborot vositalari huquqi bo'limi magistranti
Description
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, o’zining davlat organlari va huquq tizimini qayta shakllantirish huquqiga to’la maqomda ega bo’ldi. Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning uchun esa, avvalo, o’zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu hududlarning oliy mansabdor shaxsi – hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini tashkil qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari, ularning vakolatlari, ahamiyati, tashkiliy shakli, faoliyat tamoyillari, shuningdek, ular tomonidan hokim faoliyatini nazorat qilishning mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy mexanizmlari va ularni takomillashtirish masalalari haqida so’z yuritiladi. Bu ishda kuzatish metodidan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni qonun ijodkorligi jarayonida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati faoliyatida qo’llash mumkin.
Files
34-39.pdf
Files
(940.8 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:6fbc572095623d2f7cf1f05315ded457
|
940.8 kB | Preview Download |