FRAZEOLOGIK IBORALAR VA ULARNING SEMANTIK- GRAMMATIK TUZILISHI
Creators
- 1. QDPI "Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi
Description
Annotatsiya: Maqolada frazeologik iboralar va ularning semantik-grammatik tuzilishi xususida fikr yuritiladi.
Frazeologizmlar, so`zlar kabi, yaxlit bir ma‘no ifodalasada, lekin frazeologik ma‘no jihatdan leksik ma‘nodan farq qiladi. Frazeologik ma‘no qo`shimcha attenkalardan iborat bo`ladi. Belgi, harakat kabilar haqida frazeolo-gizm ifodalaydigan ma‘lumot frazeologik ma‘no deyiladi. Masalan: Endi to`rtinchi rotani ham ratsiya bilan ta’min qilsak, oshiq olchi bo`lardi. Bu yerda ekanizni eshitib, hech narsa ko`zimga ko`rinmadi, uchib bora qolsam dedim.(O) Birinchi misoldagi frazeologizm belgi, ikkinchi misoldagisi esa harakatni bildiradi. Shu sababli, frazeologizmlar so`zlarga sinonim bo`lgan hollarda ham frazeologik ma‘no bir-biriga teng bo`lmaydi. Frazeologik ma‘noning hajmi leksik ma‘noning hajmiga nisbatan keng, murakkab bo`ladi. Ko`pgi-na frazeologizmlar ma‘nosida so`zning ma‘nosi bo`lmagan komponent hisoblanadi. Masalan: a hard nut to crack – a very difficult problem. (Boshida yo`ng`oq chaqmoq –o`ta darajada azoblanmoq). Ko`rinib turibdiki, bu frazeologizmlar ma‘nosida yaxlit ma‘no bor, frazeologizmlar tarkibidagi so`zlar ma‘no mustaqilligiga ega bo`lmaydi. Shuning uchun ayrim frazeologizmlarning komponentlari o`zgarsa ham frazeologik ma‘no saqlanadi: Masalan: to stand to one’s guns-to stick one’s guns; bir pul-ikki pul-uch pul. Keltirgan dalillar, frazeologizmlar garchi so`zlar kabi yaxlit ma‘no ifodalasa-da, lekin frazeologik ma‘no bilan leksik ma‘no tabiati bir xil emasligini ko`rsatadi. Frazeologizmlar semantik jihatdan so`zlardan farqli belgi xususiyatlarga ega bo`lgani uchun ham, tilda paydo bo`lgan va yashab kelmoq-da. O`zaro bog`langan bu so`zlar mohiyatiga ko`ra birikmaga yoki gapga teng bo`ladi. Bunday birikma yoki gapdan yaxlitligicha anglashiladigan frazeologik ma‘no uni sintaktik birlik deb emas, balki se-mantik birlik deb qarashga olib keladi. Shu sababli, birikmaga yoki gapga tenglik haqida gapirganda iboraning ichki sintaktik qurilishi ko`zda tutiladi; ibora tarkibini sintaktik tahlil qilish nutq birligining tarkibini emas, balki til birligining tarkibini tahlil qilish bo`ladi. Umuman, ibora tarkibida qatnashgan so`zlar orasidagi sintaktik bog`lanish o`z kuchini saqlaydi, faqat ichki bo`ladi.
Masalan: ―ko`ngli og`ridi‖ iborasi ichki sintaktik qurilishi jihatdan gapga teng, ayni shu iboraning ko`nglini og`ritmoq varianti esa birikmaga teng. Bunday sintaktik qayta qurilish esa fe‘l iboraga nisbat yasalishi munosabati bilan yuz beradi; o`timsiz fe‘l bosh kelishikdagi ot bilan munosobatga kirishgan bo`lsa, orttirma nisbat yasovchisini olib, o`timliga aylangach, ot komponentning bosh kelishigi tushum kelishigiga almashadi. Ko`rinadiki, bir komponentdagi grammatik o`zgarish ikkinchi komponentga ham shunga muqobil o`zgarishni talab qiladi, natijada gapga teng holat birikmaga teng holatga o`tadi. Bunday ikki xil sintaktik qurilish shaklida bo`la oluvchi iboralar anchagina:“ ko`zi ko`r, qulog`i kar bo`ldi” - “ko`zni ko`r qulog`ini kar qilmoq”; “ko`zini moshdek ochmoq-ko`zi moshdek ochildi” ka-bi. Orttirma nisbat yasalishi doim sintaktik qurilishni o`zgartirib yubormaydi. Masalan: ―ko`z oldiga kelmoq, ―ko`z oldiga keltirmoq iborasida nisbat yasalishi sintaktik quri-lishni-birikmaga teng holatni o`zgartirmaydi, bu yasalish tufayli ikkinchi variant o`timlilik kashf etadi. Bunday grammatik o`zgarishlar iboraning faqat ifoda planida ro`y berib, uning mazmun planiga ta‘sir qilmaydi. Gapga tenglikdan birikmaga tenglikka va, aksincha, aylanish iboralarning ma‘lum bir qis-migagina xos bo`lib qolgan iboralar doimo bir sintaktik qurilish shaklida namoyon bo`ladi. Masalan: ―ko`ziga cho`p solmoq, ―ko`zini bo`yamoq, ―ko`z o`ngida kabi iboralar doim birik-maga teng qurilishli shaklda: ―ko`zi yetdi, ―ko`zi ilindi, ―ko`zi ko`r – qulog`i kar kabi iboralar doim gapga teng qurilishi shaklda ishlatiladi. Misollardan ko`rinadiki, ichki sintaktik qurilishi birik-maga teng iboralar ham, gapga teng iboralar ham yig`iq va yoyiq bo`ladi, odatdagi sintaktik bog`lanishlarda qanday bo`laklar qatnashsa, iboralar tarkibida ham xuddi shunday bo`laklar qatnasha-di. Iboralarning paradigmatik shakllari (turlanish, tuslanish kabilar) dastavval ularning qaysi turkumga mansub ekanligi bilan belgilanadi. Iboralarning asosiy qismini fe‘l frazeologik birliklar tashkil qiladi. Fe‘l iboralarning ichki sintaktik qurilishi birikmaga teng bo`lsa, bunday fe‘l ibora tuslanadi: ―bosh egdim, ―bosh egsin kabi. Agar iboraning ichki sintaktik qurilishi gapga teng bo`lsa, bunday fe‘l ibora tuslana olmaydi, doim 3-shaxs shaklida turadi. Bu ikki tur fe‘l iboralar tuslanishi jihatdan farq qiladi, ammo mayl, zamon kabi kategoriyalarning formalarida o`zgarish har ikkisida voqe‘ bo`laveradi: bosh egsam, ko`z tegsa, bosh egibdi, ko`z tegibdi kabi. Bunday iboralarning ko`pi bo`lishli va bo`lishsiz aspektda ham kelaveradi: bosh egaylik va bosh egmaylik kabi. Fe‘l frazeologik birliklarning leksik tarkibida, fe‘l so`z komponentidan tashqari, boshqa turkum so`zi ham qatnashadi. Bunday so`z komponent ko`pincha ot bilan ifodalanib, uning tarkibida egalik affiksi vositasida fe‘l ibora uch shaxsdan biriga nisbat beriladi: ko`nglim yorishdi, ko`ngling yorishdi, ko`ngli yorishdi kabi. Gapga teng quri-lishli iboralarda shaxs-son ma‘nosi tuslovchi bilan emas, balki egalik affiksi bilan ifodalanadi. Birikmaga teng qurilishli fe‘l iboralarda esa shaxs-son ma‘nosini tuslovchi ham, egalik affiksi ham ifoda-laydi. Bunda ikki holat mavjud:
1.Tuslovchi bilan egalik affiksi shaxs-sonda muvofiqlashib boradi: ko`nglimni uzdim, ko`nglingni uz kabi. Bunda ayni shaxs-son ifodasi ikki marta ifodalanadi.
2.Tuslovchi bilan egalik affiksi boshqa-boshqa shaxs-son ma‘nosini ifodalash uchun xizmat qiladi, shunga ko`ra har biri mustaqil o`zgaradi: ko`nglini topdim, ko`nglingni topsin kabi.
Ayrim iboralarga bu ikki holat birgalikda xos bo`ladi: ko`nglingni buzdim, ko`nglimni buzdim ka-bi. Ot-komponent tarkibida qatnashadigan egalik affiksini o`zgartirib ishlatish sifat, ravish iboralarda ham mavjud: ko`ngling bo`sh, oyog`ingni qo`lingga olib, oyog`ini qo`liga olib kabi. Ba‘zi iboralar sin-taktik qurilishiga ko`ra birikmaga teng bo`la turib, doim 3-shaxsda ishlatiladi. Masalan: boshidan oshib yotmoq iborasi faqat 3-shaxsda keladi, chunki tuslanishida narsa bilan bog`lanadi. Ba‘zi iboralar grammatik qurilishida doim 3-shaxs egalik affiksi qatnashadi, chunki egalik olib nisbatlanishida bun-day ibora narsa bilan bog`lanadi: mag`zini chaqmoq, misi chiqdi kabi. Bunday hodisa fe‘l bo`lmagan frazeologik birliklarda ham mavjud: boshini yeb, ko`nglining kiri yo`q, ichi qora kabi. Ayrim iboralar-da ot so`z komponentga egalik affikslarining faqat ko`plik shakllari qo`shiladi: gapimiz bir joydan chiqdi, gapingiz bir joydan chiqdi kabi. Faqat ko`plik tuslovchisini olib keladigan iboralar ham uch-raydi: gapni bir joyga qo`ydik (qo`yishdi yoki qo`ydilar) kabi. Ot-so`z komponentga tugaydigan ayrim iboralar kelishikda o`zgaradi, son shaklini o`zgartiradi: ammamning buzog`i, ammamning buzoqlari-dan, ammamning buzog`ini; toshbag`ir, toshbag`irlar, toshbag`irlarga. Misollardan ayonki, tuslanish egalik affiksi olib o`zgarishi odatda kishi bilan bog`lanishda sodir bo`ladi, narsa bilan bog`lanishda esa doim 3-shaxs tuslovchisi yoki egalik affiksi keladi. Iboralarning sintaktik qurshovi. Sintaktik qurshov deganda iboralarning nutqda turli bo`laklar bilan bog`lanishi nazarda tutiladi. Iboraning biror sintaktik qurshovga ega bo`lishi uning turkumiga, ichki sintaktik qurilishiga, fe‘l iboralarda fe‘l so`z komponentning boshqaruviga va bu boshqaruvning ibora tarkibida reallashgan yoki reallashmaganligiga, ot-komponent tarkibida qatnashadigan egalik affiksiga bog`liq. Masalan: agar ibora gapga teng qurilishli bo`lsa, nutqdan ega olmaydi (chunki bunday bo`lak iboraning o`z ichida qatnashadi) ko`zi tindi, ichi qora kabi.
Files
108-116.pdf
Files
(751.1 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:c5f55ce71c5c36707e8ba2e6f3779afb
|
751.1 kB | Preview Download |