Published September 19, 2023 | Version v1

FRAZEOLOGIZMLAR SHAKLLANISHINING LISONIY OMILLARI

Authors/Creators

Description

ANNOTATSIYA

Frazeologik shakllanish jarayoni so‘z yasalishiga juda o‘xshaydi. So‘z yasalishida yangi so‘zlar, frazeologik shakllanishda esa yangi frazeologizmlar hosil bo‘lish jarayoni o‘rganiladi. Frazeologizmlarning shakllanishi so‘zlarning yasalishi yoki shakllanishidan bir qadar farq qiladi. Frazemalarning shakllanishi turli davrlarda va har xil ijtimoiy-siyosiy voqealar, tasavvurlar, hayotiy tajribalarning umumlashuvi asosida ro‘y beradi. Frazeologizmlar ma’lum bir obraz asosiga quriladi va shu obrazni gavdalantirishda har xil predmet, voqea-hodisa, tasavvurlarning nomlaridan foydalaniladi. Shuning uchun ham frazemalarni shakllanish doirasi jihatidan o‘rganish alohida ahamiyatga ega.

Maqolada o‘zbek tilidagi frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlari ko‘z komponentli iboralar misolida yoritilgan. Shuningdek, ko‘z leksemasining leksik-semantik maydoni xususida ham so‘z yuritilgan. Nazariy fikrlar badiiy asarlardan keltirilgan misollar orqali dalillangan.

Kalit so‘zlar: frazeologizm, leksema, ko‘z, leksik-semantik maydon, somatizm, somatik iboralar.

Files

02 TTT Vol 4-1.pdf

Files (982.5 kB)

Name Size Download all
md5:7329a4e09cf2b13b1ab1adde9f0919ad
982.5 kB Preview Download