PROBIOTIK BAKTERIYALAR UCHUN LAKTOZASIZ HIMOYA MUHITINI TANLASH
Authors/Creators
Description
Laktoza talerantsizlik - bu metabolik kasallik bo'lib, unda laktaza fermenti (b-galaktozidaza (b-gal)) etarli darajada bo'lmaganligi sababli odamlar sezilarli miqdorda laktoza hazm qila olmaydi. Probiotiklar, prebiotiklar va sinbiotiklar fermentlangan ovqatlar va organizmda laktoza hazm qilishni yaxshilash maqsadida yo'g'on ichak mikrobiotasining tarkibi va metabolizmini o'zgartirish uchun ishlatilishi mumkin. Sut kislotasi bakteriyalari laktozani fermentatsiyalash orqali laktat, vodorod, metan, karbonat angidrid va qisqa zanjirli yog 'kislotalarini ishlab chiqarishi isbotlangan. Laktozani parchalaydigan b-galaktozidaza (laktaza) fermentidan foydalanish va probiotiklarni iste'mol qilishdan tashqari, faol va tirik kulturalrni iste'mol qilish laktoza talerantsizlik bo'lgan odamlar uchun foydali bo'lishi mumkin. Probiotiklar ishlab chiqarishda foydalaniladigan himoya muhiti tarkibida sut mavjud. Laktozani istisno qilish maqsadida sut mavjud bo’lmagan himoya muhitini tanlash zarur. Biz tomondan 4 turdagi sutsiz himoya muhiti tayyorlandi. Lactobacillus rhamnosus bakteriyasining eng yashuvchanlik (107 КОЕ/flakon) ko’rsatkichi kraxmal va shakar muhitida aniqlandi.
Files
M-29.pdf
Files
(515.8 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:9e439ab3380ca7c646461a08d3038335
|
515.8 kB | Preview Download |