Published May 30, 2023 | Version v1

KERMET QOPLAMALI INGICHKA PLASTINKANI ISITISH VA SOVITISH NOSTASIONAR JARAYONNING MATEMATIK MODELINI ISHLAB CHIQISH.

Description

Eritmani ~105 – 1060С/с sovitish tezligida havoda eritish yo‘li bilan sintezlangan TiO2 : CuO kompozitsion materiali asosidagi qoplama uchun 1 oy ichida degradatsiya darajasi kichik bo‘ladi. Bunda qoplamaning qoralik darajasi 4,82% dan 5,11% gacha o‘zgardi, qoplamaning yutilish integral koeffitsiyenti α qiymati deyarli o‘zgarmadi, changlatishdan keyin α = 92,414%, 1 oydan keyin α = 92,595%. Selektivlik koeffitsiyenti α/ε 19,173 dan 18,12 gacha o‘zgarib turadi. Eritmani ~105 – 106 0С/с sovitish tezligida o‘ta isitish bilan havoda eritish yo‘li bilan sintezlangan TiO2 : NiO : C = 48 : 44,8 : 7,2 kompozitsion material asosidagi qoplama havoda degradatsiyalanmaydi va o‘zining spektral-optik xususiyatlarini saqlab qoladi. Changlatishdan so‘ng qoplama ε = 3,48 %, α = 96,955 %, α/ε = 27,861 qiymatlarga ega bo‘lgan. Changlatishdan 3 oydan so‘ng ε = 3,5 %, α = 96,332 %, α/ε = 27,521. Eritmani o‘ta isitish va ~105 – 106 0С/с sovitish tezligida havoda eritish yo‘li bilan sintezlangan kompozitsion materiallardan olingan qoplamalar eng yaxshi xususiyatlarga ega va vaqt o‘tishi bilan atrof-muhit ta'siri ostida ham ularni saqlab qoladi.

Files

13-21.pdf

Files (359.9 kB)

Name Size
md5:944eab90238da1a8b2a3d16efb266a1c
359.9 kB Preview Download