Published June 10, 2023 | Version v1

SHAXS PSIXOLOGIYASIDA "MEN" TUSHUNCHASI VA O'Z-O'ZINI BAHOLASHNING ASOSIY JIXATLARI

Description

Shaxs o‘zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodi, qarash, munosabatlari, baholariga ega bo‘lgan subyekt. Shaxs xususiyatlari haqida gap borganda esa psixologlar shaxsni takrorlanmas qiluvchi mental tizimi, ya’ni fikrlar, xulq-atvor va emotsiyalarga qarashadi. Shaxs xususiyatlari individual bo’lib, aksar hollarda insoning umri mobaynida o’zgarmas bo’lib qoladi. Shaxsning o‘zini anglashi shundan iboratki, shaxs jamiyatda taraqqiy etar va ishlar ekan, tevarak-atrofdagi muhitda o‘zining individligini, subyektligini ajratib boradi. Shaxsning o‘zini anglashi, «men» deb his qilishi hamisha muayyan mazmuni bilan yuzaga chiqadi. O‘zining borligini anglashi, shaxs o‘zini kim deb bilishi – o‘quvchi, ishchi, o‘qituvchi, muhandis va shunga o‘xshash deb anglashi, o‘zining o‘tmishini va kelajagini anglashi, boshqa kishilar bilan o‘zaro munosabatini anglashi, o‘z huquq va burchlarini anglashi, o‘zining fazilat va kamchiliklarini va shunga o‘xshashlarni anglashi o‘zini anglashga kiradi. Shaxs o‘zini anglaganligidan o‘z-o‘zini kuzata oladi va o‘zini-o‘zi bilib oladi, ko‘nglidan o‘tgan kechinmalarni tushuna oladi, o‘zining xatti-harakatlariga o‘zi tanqidiy ko‘z bilan qaray oladi.

Files

84.pdf

Files (114.7 kB)

Name Size Download all
md5:7d9af2cb98f71514262b2f5cd2016413
114.7 kB Preview Download