Published May 12, 2023 | Version v1

MUQOBIL BAHOLASHDA GAMIFIKATSIYANING ROLI

Description

O'quvchilarni haqqoniy baholash hozirgi kunda maktablarda dolzarb masala hisoblanmoqda. An'anaviy va muqobil baholash bir-biridan farq qiladi. Jumladan, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javobni tanlash, bir nechta testlarni o‘tkazish, turli variantli testlar o‘quvchilarni baholashda oson hisoblanadi. Ushbu an'anaviy baholash LOT (low order thinking) (past tartibli fikrlash qobiliyati)ga asoslanadi va o'quvchilarni summativ usulda baholashga mo'ljallangan. Biroq, ba'zi o’quvchilar uchun ularning kognitiv fikrlashlarini hisobga olmaslik ko'proq stresslik holatini yuzaga keltiradi. Muqobil baholash ham o‘quvchilar, ham o‘qituvchilar uchun foydaliroq. O’quvchularni rag'batlantirish va maqsadga erishish orqali baholashga qaratilgan. Ushbu baholash HOT (high order thinking) (yuqori tartibli fikrlash) ga asoslanadi va formativ tarzda baholashga mo'ljallangan. Muqobil baholashning eng qiziqarli va eng yaxshi ixtiyoriy jihatlaridan biri bu gamifikatsiyadir (o'yinlashtirishdir). Nazorat ishi o'quvchilarni yanada qiziqarli va rag'batlantirish uchun tilni baholashda gamifikatsiya qo'llaniladi.

Files

4.19.pdf

Files (499.1 kB)

Name Size
md5:259e647e44430efcb901dae067eb3a6d
499.1 kB Preview Download