Published March 20, 2023 | Version v1
Journal article Open

FUQAROLIK JAMIYATIDA DINIYLIK VA DUNYOVIYLIK UYG'UNLIGINI TA'MINLASHNING IJTIMOIY-FALSAFIY OMILLARI

Description

Diniylik va dunyoviylikning o‘zaro munosabati harakteri u yoki bu jamiyatda ularning qanday shakli, ko‘rinishi hukmron mavqeni egallashi bilan belgilanadi. Mazkur maqolada fuqarolik jamiyatida diniylik va dunyoviylik qarashlari mohiyatan o‘zaro qarama-qarshi bo‘lsalar-da, bir-biriga ta’sir qilib, ba’zan bir-birini to‘ldirib, bir-birlarining qarashlaridan ma’lum darajada ta’sirlanib shakllanganligining qiyosiy tahlili keltirilgan. Shuningdek, bugungi kunda turli mutaassib kuchlar tomonidan diniylik va dunyoviylik nisbati buzib talqin qilingan holda, davlatga oid dunyoviy ishlardan dinni ajratish dahriy davlat va axloqsiz jamiyat qurishga olib kelishi haqidagi noxolis da’volarga qarshi fikr-mulohazalar bildirilgan.

Files

EJSSPC0321.pdf

Files (796.9 kB)

Name Size Download all
md5:6c7be5b9da99355c96b11414a43fa8fb
796.9 kB Preview Download