Published January 15, 2023 | Version pdf
Conference paper Open

YANGI O'ZBEKISTON MA`RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O'RNI

Description

          Prezidentimizning ta`kidlashicha, Yangi O’zbekistonni yuksak madaniyat va ma`naviyatga ega bo’lgan, erkin va baxtli insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish uchun “Yangi O’zbekiston – ma`rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqiladi. Bu, avvalo, ma`naviy-axloqiy qadriyatimizni davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma`rifiy yuksalishiga erishish imkonini beradi.     
         Yangi O’zbekiston ma`rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rni nihoyatda katta. Bugungi kunda yoshlarni madaniyatli, ma`naviyatli, ma`rifatli, ijodkor, har tomonlama yetuk, dunyoqarashi keng, kuchli intellektual salohiyatga ega bo’lgan komil inson qilib tarbiyalash – jamiyatimizning oliy maqsadidir.
         Yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar va Davlatimiz rahbarining yoshlarga bo`lgan yuksak e’tibori va ishonchiga javoban yaratilgan shart-sharoitlardan oqilona foydalangan holda yurt ravnaqi, xalqimiz manfaatlariga xizmat qilish biz yoshlarning eng asosiy ezgu maqsadi va vazifasidir. Bunday imkoniyat va imtiyozlar orqali biz yoshlar, yosh avlodni ertamizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda o’z hissamizni qo’shishimiz uchun yorqin istiqbollarni ochadi.

 

Files

kind..YANGI O’ZBEKISTON MARIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O’RNI.pdf