BOSHLANG'İCH TA'LİM YOSHİDAGİ BOLALARNİ TABİAT BİLAN TANİSHTİRİSH JARAYONİDA DALİLLİ ASOSLASH KO'NİKMASİNİ SHAKLLANTİRİSH YO'LLARİ, METODLARİ.
Authors/Creators
Description
Qadimgi Yunon tilidan “metod” so‘zi tadqiq qilish yoki bilish yo‘lini bildiradi. Falsafa fanida metod - maqsadga erishish usuli, muayyan ravishda tartibga solingan faoliyat sifatida ko‘riladi. Pedagogik adabiyotlarda mazkur tushunchaga ta’rif berishda turli yondashuvlar mavjud. Masalan, “Ta’lim metodlari – ta’lim mazmunini o‘zlashtirishni, aqliy kuchlar va qobiliyatlarni rivojlantirishni, o‘ziga o‘zi ta’lim berish va o‘zini o‘zi o‘qitish vositalarini egalashni ta’minlovchi pedagoglar va bolalarning izchil, o‘zaro bog‘liq harakatlari tizimidir” deb ta’rif berilgan.