Published December 30, 2022
| Version v1
Conference paper
Open
KIMYO FANINI O'QITISHDA O'QUVCHILARDA ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING MANBALARI VA VOSITALARI
Authors/Creators
Description
Yosh avlodni tarbiyalash hamma vaqt maktabning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan. Har bir ijtimoiy jamiyat tarbiya masalasiga o‘z talablari bilan yondashgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mustaqillik g‘oyalariga sodiq bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirish qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy vazifalaridan biri qilib olindi. Yosh avlod dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirish, g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, mehnat, estetik va ekologik tarbiya masalalarini kimyo fanini o‘qitish jarayonida ularning ongiga singdirish kimyo fani o‘qituvchisining asosiy vazifasidir.