SHO'RLANGAN VA O'TA SHO'RLANGAN TUPROQ TARKIBIDAGI TUZLARNI YUVISH TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI
Authors/Creators
Description
Annotatsiya. Maqolada sho‘rlangan va o‘ta sho‘rlangan yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun, tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvib chiqaruvchi texnika va texnologiyalari yoritilgan. 0,4…0,5 m chuqurlikka diametri 50 mm bo‘lgan drenaj quvurlari o‘rnatilgan bo‘lib, drenaj quvurlarning boshi va oxirida maxsus tiqinlar joylashtirilgan. Maxsus ajratilgan yuz metr kvadrat yuzaga oraliqlari 60 sm bo‘lgan drenaj quvurlari o‘rnatilgan. Bu vaqtda esa ikkala tiqin ham yopiq holatda bo‘ladi. Ajratilgan maydonning sho‘rini yuvishda birinchi marta maydonga 15 metr kub suv berildi. Tuproq tarkibidagi tuzlarni erishi uchun 2-3 soatdan keyin quvur uchidagi tiqinlar ochildi. Shunda tuproq tarkibidagi tuz miqdori 4 marta kamaydi. Ikkinchi marta shu hajmdagi suv berilganda esa ikki marta tuz miqdori kamaydi. Natijada tuproq tarkibidagi tuz me’yor darajasiga yetdi. Bu usulni qo‘llash orqali har 3-4 yilda bir marta tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvish mumkin. Bu esa suvni 6-8 marta tejash imkoniyatini beradi.
Files
TA'LIM_FIDOYILARI-2022-DEKABR-1-qism (2)-267-273.pdf
Files
(1.6 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:f1ac3c13395787ccbdb3d9e7801b08ed
|
1.6 MB | Preview Download |